Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Zafar Jo‘niqulov hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va eksport salohiyatini o‘rganish maqsadida Paxtakor mahallasida faoliyat yuritayotgan “AGRO-TRADING” MChJda bo‘ldi.
Tashrif davomida korxonada yetishtirilayotgan mosh mahsulotining eksport jarayonlari, xorijiy bozorlar bilan hamkorlik aloqalari hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish holati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mahsulot sifatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi rejalarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilinib, sohaga investitsiyalarni yanada jalb etish orqali hudud iqtisodiyotini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.