Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Suyunov 7-Jom saylov okrugida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
️Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglandi. Jumladan, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan bir qator fikrlar bildirildi.
️Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda hududlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.