Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beshqo‘rg‘on” savdo majmuasidagi yong‘in yuzasidan deputatlar pozitsiyasi bildirildi.
янв.21
Uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi doimiy komissiyalarining 2026 yil 1-chorakdagi faoliyati
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Hidiyatullina Rima Rashidovna tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan Lutfiy mahallasi Lutfiy 1-tor ko‘cha 8-xonadonda yashovchi tadbirkor ayol — Boboqulova Nilufar Milsovna bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati- kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne’matjon qizi tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Chilonzor tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi deputat e’tiborida
янв.21
Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashidovna tomonidan deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan o‘z saylov okrugida aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida manzilli tarzda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Chilonzor tumani Lutfiy mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ni shakllantirish yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mahalla — jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘ini

Bugungi kunda mahalla nafaqat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi institut, balki jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda eng yaqin va ta’sirchan bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlat dasturlari ijrosi, byudjet mablag‘larining sarflanishi, qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar — bularning barchasi avvalo mahalla darajasida seziladi va baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, mahallaning roli faqat ijrochi emas, balki nazorat qiluvchi va tashabbus ko‘rsatuvchi institut sifatida ham ortib bormoqda.

So‘nggi yillarda “Ochiq byudjet” mexanizmi aynan shu jarayonga yangi mazmun kiritdi. Aholi o‘z hududida qaysi muammo ustuvor ekanini o‘zi belgilayapti, ovoz berayapti va mablag‘ni qaysi loyihaga yo‘naltirishni hal qilyapti. Bu esa mahallaning haqiqiy jamoatchilik platformasiga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Joriy yilda saylov okrugi hududida fuqarolarning birdamligi va faol ishtiroki natijasida Baxshitepa hamda Navbahor mahallalarida ichki yo‘llarni asfalt qilishga qaratilgan ikki yirik loyiha g‘olib bo‘ldi. Bu natija tasodif emas. Ovoz berish jarayonida aholining uyushqoqligi, qo‘shni-qo‘shnini chaqirishi, muammoni birgalikda hal qilishga intilishi — mahallaning jonlanib borayotganidan dalolat beradi.

Ammo eng muhim jihat shundaki, loyiha g‘olib bo‘lishi ishning yakunlanishi emas, balki yangi bosqich — jamoatchilik nazorati boshlanishidir. Endi asosiy savol: ajratilgan mablag‘ qayerga va qanday sarflanyapti? Yo‘l sifatlimi? Belgilangan muddatga rioya qilinmoqdami? Pudratchi o‘z majburiyatini bajaryaptimi?

Agar mahalla ahli bu jarayonga befarq bo‘lsa, eng yaxshi loyiha ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Aksincha, har bir fuqaro “bu mening ko‘cham, mening mablag‘im” degan mas’uliyat bilan yondashsa, har bir metr yo‘l sifatli bo‘ladi. Shu bois mahalla faollari, deputatlar va oddiy aholi birgalikda ish olib borishi, qurilish jarayonlarini joyida kuzatishi, kamchiliklarni o‘z vaqtida ko‘tarishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish faqat bitta loyiha bilan cheklanmaydi. U maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari, kommunal xizmatlar, hatto kundalik maishiy masalalargacha qamrab olishi kerak. Mahalla shu ma’noda jamiyatning “ko‘zi va qulog‘i”ga aylanishi zarur.

Eng muhimi, bu jarayonda har bir inson o‘zini chetda tomoshabin emas, balki o‘z hududining haqiqiy egasi deb his qilishi lozim. Ana shundagina mahalla haqiqatan ham jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylanadi.

Raxmatov Fotex Akmalovich, tuman Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi,  Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2