Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 7-Sh.Rashidov saylov okrugi deputati Usmonali Safarov tomonidan deputatlik faoliyatida belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida Paxtakor mahallasi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib bordi.
O‘rganish jarayonida maktablarda mavjud sport zallari, ularning jihozlanganlik darajasi hamda sport anjomlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur tavsiyalar berildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.
Mazkur o‘rganishlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ta’lim muassasalarida sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.