Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beshyog‘och mahallasi Furqat ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi va ta’minoti deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bandligi muhokama qilindi
янв.21
G‘avhar mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan Beshqo‘rg‘on MFY hududida mahalla aholisi faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi
янв.21
Deputat so‘rovlariga rasmiy javob berildi
янв.21
33-oilaviy poliklinikani ko'chirish yuzasidan yuborilgan deputat so'roviga javob berildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor va Shayxontoxur tuman Kengashlari kotibiyatlari o‘rtasida amaliy uchrashuv.
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati V. Xasanov tomonidan shaharning Taraqqiyot mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Guliston shahri Al-Xorazmiy ko‘chasidagi 4-uy hamda N. Zokirova ko‘chasidagi 48-uy ko‘p qavatli turar joy binolarining tom qismini ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘larning sarflanishi va binolarning bugungi kundagi holati joyiga chiqib ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Yagona buyurtmachi” DUK tomonidan mas’ul boshqaruv kompaniyasiga mazkur uylar tom qismini ta’mirlash uchun 1200 dona shifer hamda 950 dona to‘sin xarid qilib berilgan.

Bugungi kunda ushbu ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlar natijasi joyida ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 4