Deputat O. Jumayev o’z saylov okrugida ko’cha vakillari hamda faol nuroniylar ishtirokida mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan yig’ilish o’tkazdi. Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, aholi o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Yig’ilishda so’zga chiqqanlar mahalla hududida jamoat tartibini mustahkamlash, yoshlar o’rtasida turli salbiy holatlarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo’yicha o’z fikr va takliflarini bildirdilar.
Shuningdek, ko’cha vakillari hamda nuroniylarning jamiyatdagi o’rni va faol ishtiroki mahallada barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.