#Deputatlik_nazorati
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Saidov "Xonjiza" mahallasi fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida murojaatchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil qilindi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga zarur tavsiyalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolarning murojaatlari asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.