Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
33-oilaviy poliklinikani ko'chirish yuzasidan yuborilgan deputat so'roviga javob berildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor va Shayxontoxur tuman Kengashlari kotibiyatlari o‘rtasida amaliy uchrashuv.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas'ul rahbarlar bilan birgalikdasaylangan okrugda sayyor qabul o'tkazildi.
янв.21
Aholi murojaatlari o'rganilmoqda
янв.21
Deputat L.Murotova tomonidan 12-Navbahor saylov okrugi hududidagi madaniyat muassasalari va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Chilonzorda yoshlar bilan kiberxavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
5-Charx Kamolon okrugida ayollar bilan muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Chilonzor tumanida yo‘l ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida.
янв.21
Deputat sayi harakati bilan “EMU” universiteti binosi qarshisida kuzatilayotgan tirbandlik holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rildi
Chag‘atoyda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo Safarovna tumandagi Chag‘atoy mahallasi hokim yordamchisi Ataxo‘jayev Sanjar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish, kasb-hunarga o‘qitish hamda imtiyozli moliyaviy ko‘maklar ajratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mavjud muammolarni tizimli hal etish, kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida bo‘ladi. 

Slide 1 of 2