Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
33-oilaviy poliklinikani ko'chirish yuzasidan yuborilgan deputat so'roviga javob berildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor va Shayxontoxur tuman Kengashlari kotibiyatlari o‘rtasida amaliy uchrashuv.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas'ul rahbarlar bilan birgalikdasaylangan okrugda sayyor qabul o'tkazildi.
янв.21
Aholi murojaatlari o'rganilmoqda
янв.21
Deputat L.Murotova tomonidan 12-Navbahor saylov okrugi hududidagi madaniyat muassasalari va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Chilonzorda yoshlar bilan kiberxavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
5-Charx Kamolon okrugida ayollar bilan muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Chilonzor tumanida yo‘l ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida.
янв.21
Deputat sayi harakati bilan “EMU” universiteti binosi qarshisida kuzatilayotgan tirbandlik holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rildi
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati F. Suyarov G‘ulba mahallasida saylovchilar, xususan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yurtimizga bahor fasli kirib kelgani, dala ishlari qizg‘in boshlanganligi ta’kidlandi. Dehqonchilikda yuqori hosil olish, har bir qarich yerdan unumli foydalanish, ariq va zovurlarni tozalash, ekin maydonlarini mavsumga puxta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, g‘alla maydonlarini begona o‘tlardan tozalash, mineral o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Seminar tarzida tashkil etilgan uchrashuvda mutaxassislar va fermerlar o‘rtasida fikr almashilib, amaliy takliflar ilgari surildi.

Bizni kuzatib boring:👇

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4