MAHALLALARDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI VA NAZORATGA OLINDI
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati I. Atabayev tomonidan Namangan shahridagi Iftixor va Sohibkor mahallalarida oʻrganish ishlari olib borildi.
Uchrashuvlar davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularning yechimiga doir takliflar atroflicha muhokama qilindi. Bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun nazoratga olindi.