Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida.
янв.21
Fidoiy deputatimiz e’tirof etildi
янв.21
Bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz muhit yaratish maqsadida bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish hamda hududni kompleks ravishda obodonlashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chilonzor tumanida deputat axboroti eshitildi
янв.21
Chilonzor tumanida yoshlar uchun yana bir muhim qadam!
янв.21
Zarqo‘rg‘on mahallasi hududidagi muammolar o'rganildi
янв.21
Deputat Abdullayeva Barno Sayfutdinovna saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi Yakkatut-saylov okrugi deputati deputati Shodmonov Shoxrux O‘ktamovich saylovchilar oldida 2025-yil IV-chorak davomida qilingan ishlar to‘g‘risida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Azam Mavlonov 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, 18-«Guliston» saylov okrugidan saylangan Kim Marina Melisovna tomonidan 2025-yilning to‘rtinchi choragi yakunlari yuzasidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Shahar ELEKTR TARMOQLARI rahbariyatiga Kengash qarori O'YINCHOQMI ?!

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 2025- yil 18-avgustda qabul qilingan VII-9-59-11-167-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan hanuzgacha aniq natija yo‘qligi jamoatchilikda keskin e’tiroz uyg‘otmoqda. Qaror qabul qilinganiga 7 oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, unda belgilangan tayyor temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmagan.

Eng achinarlisi, mazkur ustunlar allaqachon xarid qilingan bo‘lsa-da, ularni joyiga o‘rnatish masalasi sababsiz ravishda paysalga solinmoqda. Natijada aholi elektr ta’minotidagi uzilishlar, xavfsizlikka tahdid va ortib borayotgan muammolar bilan yuzma-yuz qolmoqda.

Bugun davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, infratuzilmani yaxshilash, hududlarni obod etish siyosatini qat’iy olib borayotgan bir paytda, joylarda bunday loqaydlik va mas’uliyatsizlik Prezident siyosatini amalda qasddan orqaga tortish bilan barobar emasmi? Tayyor, sotib olingan tayanch ustunlarni o‘rnatmaslik – bu oddiy sustkashlikmi yoki aholining ehtiyojlariga nisbatan ochiq bepisandlikmi?

O‘rinli savol tug‘iladi: Quvasoy shahri Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Abelfazov Odiljon Huseinovich nima sababdan Kengash qarorini ijrosiz qoldirmoqda? Qarorni bajarishga to‘sqinlik qilayotgan real omillar bormi? Agar mavjud bo‘lsa, nega bu haqda Kengash va jamoatchilikka o‘z vaqtida rasmiy, asosli ma’lumot berilmadi?

Xalq deputatlari shahar Kengashi qarori – bu shunchaki tavsiya emas, balki ijro etilishi shart bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatdir. Unda shahardagi "100 ming aholini taqdiri" yotadi. Uni mensimaslik yoki qog‘ozda qoldirish davlat boshqaruvi intizomiga va qonun ustuvorligiga zid harakat hisoblanadi.

Mas’ul tashkilot rahbariyatidan mazkur qaror ijrosi yuzasidan aniq muddatlar, amaliy chora-tadbirlar rejasi va javobgarlik masalasiga ochiq-oydin izoh berilishi qat’iy talab etiladi. Aks holda, bu masala jamoatchilik nazoratiga olinib, tegishli tartibda muhokama qilinishi va qonun doirasida choralar ko‘rilishi zarur.

Aholi manfaatlari ustuvor bo‘lgan davrda, joylardagi beparvolik va sustkashlikka o‘rin yo‘q. 

Davlat siyosatini so‘zda emas, amalda qo‘llab-quvvatlash – har bir rahbarning bevosita burchidir.

Slide 1 of 5