Shavkat Mirziyoyevning Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti mamlakatimizda yoshlar masalasiga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yanada kuchayib borayotganini yaqqol namoyon etdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, “dual ta’lim” qamrovini kengaytirish, texnikumlarda har oy “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda mehnat yarmarkalarini tashkil etish yoshlarning bilim va kasb egallashida muhim o‘rin tutadi.
Har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” sifatida belgilash orqali vazirlik va idoralarda yoshlarning muammolariga bevosita yechim topish tizimini joriy etish esa ochiqlik va xalq bilan muloqot tamoyillarining amaliy ifodasidir.
Shuningdek, texnikumlarda “spin-off” loyihalarini yo‘lga qo‘yish muhim o'rin tutadi
Bo‘ka tumani Kengashi deputati
T.J. Mirzayeva