Mahalliy Kengash deputatlarining Senatda malakaviy amaliyoti boshlandi
👍 2026-yil fevral oyining 16 -17 kunlarida mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari raislari va a’zolarining Oliy Majlis Senati qo‘mitalarida malakaviy amaliyot o‘tishlari belgilangan tartibda bo'lib o'tmoqda.
👍Shu munosabat bilan Senatda Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitada o‘quv-seminar tashkil etildi.
👍 Qo‘mita raisi Abdullayev Baxrom Ismailovich tomonidan qo‘mita faoliyati, qonun ijodkorligi jarayonlari hamda mahalliy Kengashlar bilan hamkorlik mexanizmlari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.
👍 Mazkur seminarda Xalq deputatlari Samarkand viloyati Kengashi deputati, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna ham ishtirok etdi.
👍 Deputat tomonidan Samarkand viloyatida komissiya faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ustuvor vazifalar hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.
👍Ushbu malakaviy amaliyot mahalliy vakillik organlari va Senat qo‘mitalari o‘rtasida doimiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
@sam_vil_deputatlari