Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chilonzor tumanida fuqaro murojaati yuzasidan deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
янв.21
8-Lutfiy okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” targ‘ibot aksiyasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi
янв.21
Deputatlar "Chilonzor tajribasi" doirasida joriy etilgan tizimli ishlarni tashkil etish amaliyoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar "Chilonzor tumani tajribasi" doirasida olib borilayotga ishlar bilan tanishishdi.
янв.21
Deputat nazoratida.
янв.21
Fidoiy deputatimiz e’tirof etildi
янв.21
Bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz muhit yaratish maqsadida bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish hamda hududni kompleks ravishda obodonlashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chilonzor tumanida deputat axboroti eshitildi
Deputat mahallada

 Yoshlar yetakchisi faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi 

12-Saidobod saylov okrugi deputati N.Ubaydullayeva mahalladagi yoshlar
yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rgandi.
 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor yoshlar bilan ishlash tizimi va ularning
ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratildi.
 

Tahlil markazida bo‘lgan masalalar: 

Yoshlar bandligi: "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yigit-qizlarning
bandligini ta’minlash, ularga subsidiya va kreditlar ajratilishi holati.
 

Tadbirlar samaradorligi: Mahallada o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy va
sport tadbirlarining shunchaki hisobot uchun emas, balki yoshlar dunyoqarashiga
ta’siri.
 

Besh muhim tashabbus: Mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar.
 

O‘rganish yakunida mahalla yetakchisiga faoliyat samaradorligini yanada
oshirish, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli tavsiya
va ko‘rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 2