Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chilonzor tumanida fuqaro murojaati yuzasidan deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
янв.21
8-Lutfiy okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” targ‘ibot aksiyasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi
янв.21
Deputatlar "Chilonzor tajribasi" doirasida joriy etilgan tizimli ishlarni tashkil etish amaliyoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar "Chilonzor tumani tajribasi" doirasida olib borilayotga ishlar bilan tanishishdi.
янв.21
Deputat nazoratida.
янв.21
Fidoiy deputatimiz e’tirof etildi
янв.21
Bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz muhit yaratish maqsadida bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish hamda hududni kompleks ravishda obodonlashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chilonzor tumanida deputat axboroti eshitildi
DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xo‘jaqulov tomonidan tumandagi “Ekraz” mahallasida toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida o‘rnatilayotgan suv minorasi joyiga chiqib, o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlar holati, loyiha hujjatlari, texnik talablar hamda aholi murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mas’ul tashkilot vakillariga ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida aholining toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda infratuzilmani yaxshilash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olingan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati