Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Хalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Tibbiyot fidoyisiga munosib eʻtirof!
янв.21
Erta nikoh – qadriyat emas, muammo!
янв.21
O‘zbekiston va AQSh hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Vobkent tumanida amaliy seminar o‘tkazildi.
CHINOZ TUMANI. AHOLI MUROJAATLARINI O'RGANISH

 Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari A.Baxramov, F.Ibragimovlar "Ulugʻvor" mahallasida aholi murojaatlarini oʻrganish va ijobiy hal qilish maqsadida qabul oʻtkazdilar. 

Qabulda Xalq qabulxonasi mudiri G.Karabayev, tuman prokuraturasi masʼul xodimi, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi aʼzolari ham ishtirok etishdi. 

  Ushbu qabulda fuqarolarni diqqat bilan tinglab, imkon qadar ularning muammolarini hal qilishga harakat qilindi.Qabul davomida 30 dan ziyod fuqaroning elektr, suv taʼminoti, kadastr, taʼlim, ijtimoiy himoya va jarimalarga oid murojaatlari tinglandi. 

  Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari esa ijobiy hal qilish uchun mutasaddi tashkilot rahbarlariga yoʻnaltirildi. Baʼzi murojaatlar boʻyicha fuqarolarga huquqiy maslahatlar ham berildi.  

Slide 1 of 5