Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
янв.21
KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi xodimlari, NNTlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Хalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Tibbiyot fidoyisiga munosib eʻtirof!
Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining VII-chaqiriq 5-sessiyasi o‘tkazildi

Tuman hokimligining kichik majlislar zalida o‘tkazilgan Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida mahalliy Kengash deputatlari, aloqador tashkilot-korxona rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Sessiya ishida: 

️ Chiroqchi tumani
bo‘yicha 2025-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘i hamda yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblashning minimal miqdoriga koeffitsientlarni qo‘llash to‘g‘risida Chiroqchi tumani Davlat soliq inspeksiyasi rahbari Sh.Meylievning hisoboti

️Tumanda jinoyatchilikga qarshi kurashish, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi 2024-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida Chiroqchi tuman prokurori J.Tursunovning axboroti 

️ Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-sonli qarori ijrosi yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarorining 2024-yil 4-choragi davomida ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ergashevning hisoboti. 

️ Chiroqchi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan xatlov natijalari to‘g‘risida Mahallalar uyushmasi Chiroqchi tuman bo‘lim boshlig‘i B.Xolyarovning hisoboti. 

️ Majburiy ijro buyrosi Chiroqchi tuman bo‘limining 2020-yil 24- noyabrdagi PF-6118-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida axboroti. 

️ Tumanda noqonuniy qurilishlarning oldini olish, yangi qurilish obektlarida olib borilayotga ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari B.Norqobilovning hisobotlarini o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilishdi. 

   

Slide 1 of 1