Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
янв.21
KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi xodimlari, NNTlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman kengashining navbatdagi sessiya oldi Doimiy komissiyalar qo'shma yig'ilishi

Doimiy komissiya qo'shma yig'ilishida tuman hokimining birinchi o'rinbosari - tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'i K.Uskanbayev, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o'rinbosari T.Saitmuradov, tuman Adliya bo'limi boshlig'i D.Gamletov, Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Isroilov hamda kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy isloxatlar bo'yicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish,davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash va xuquqiy masalalar bo'yicha, Agrar, qurilish, kommunal soxalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha hamda Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo'yicha doimiy komissiya raislari va a'zolari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masalalar:

1. Dasturlar ijrosini shu jamladan, ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida.

3. 2024-yilda jamoatchilik fikri asosida shakilantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida.

4. 2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Quyi Chirchiq tumanida tanlangan mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.

5. Quyi Chirchiq tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti.

6. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan "Umid ko'zi yordamchi xo'jaligi" MCHJ tomonidan yerlardan foydalanish bo'yicha o'tkazilgan monitoring bo'yicha tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o'rinbosari T.Saitmuradov xisoboti to'g'risida.

7. Quyi Chirchiq tuman Adliya bo'limining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to'g'risida.

8. Xalq deputatlari Quyi Chichiq tumani Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalar muhokama etilib, tegishli doimiy komissiyalar tomonidan qarorlar qabul qilinib, Xalq deputatlari Quyi Chichiq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. 

Slide 1 of 7