Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov hamda 8-Ulus saylov okrugidan saylangan deputat N.Ziyadinovlar ishtirokida Ulus mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi.

🔘O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, yoshlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, “Yoshlar daftari” bilan ishlash holati, yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

🔘Shuningdek, mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

🔘O‘rganish jarayonida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlarning bandligini oshirish, ularni zamonaviy kasb va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, davlat dasturlari doirasidagi imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔘Ta’kidlanganidek, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, yoshlarni vatanparvarlik, tashabbuskorlik va faol fuqarolik ruhida tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

🔘Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan joylarda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4