Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Qurilish ishlari o‘rganildi

Qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati N.Alimov tumandagi “Karmaki” mahallasida joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, qurilish obyektining bugungi kundagi holati, bajarilgan ishlar hajmi hamda pudratchi tashkilot tomonidan olib borilayotgan ishlarning sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab hududida yaratilayotgan sharoitlar, o‘quv xonalari, yordamchi binolar va infratuzilma obyektlarining loyiha asosida barpo etilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.

Deputatlar tomonidan qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilishi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yiliga qadar obyektni foydalanishga topshirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, sinf xonalari hamda boshqa zarur infratuzilmalarni belgilangan talablar asosida jihozlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida qurilish ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda obyektni sifatli va belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7