Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya kengashi vakillari tomonidan “Keneges” OFY hududida jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

🌱 Monitoring davomida “Quvonch” fermer xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish hamda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati o‘rganildi. Shuningdek, xo‘jalikdagi nasos uskunalari va sug‘orish tizimlarining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.

💧 O‘rganish jarayonida 22 kVt quvvatga ega bo‘lgan, soatiga 200 kubometr suv yetkazib berish imkoniyatiga ega markaziy nasosning ishlash samaradorligi tahlil qilindi. Mutaxassislar tomonidan nasosdan oqilona foydalanish orqali suv va elektr energiyasi sarfini kamaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔹 Nasosga chastota regulyatori (VFD) o‘rnatish;
🔹 Zamonaviy tomchilatib va purkab sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish;
🔹 Sug‘orish tizimlarini muntazam texnik nazoratdan o‘tkazish;
🔹 Suvdan foydalanish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🌿 Suv resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois suvni tejovchi texnologiyalarni amaliyotga keng tatbiq etish masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 5