Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining “Muborak tumanidagi mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazish to‘g‘risida”gi VII-25-82-4-64-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Kenjayeva, 2-Do‘stlik saylov okrugi deputati O.Abdiyeva, Do‘stlik mahallasi hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi bilan birgalikda 3-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlarini olib bordi.

📌 O‘rganish davomida maktabda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari, fan va sport to‘garaklari faoliyati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarining o‘tkazilishi holati ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, yoshlarning ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, kitobxonlik va turli to‘garak mashg‘ulotlariga jalb etilishi, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi tadbirlar ijrosini doimiy nazorat qilib borish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3