Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li o‘zi saylangan hududdagi “Bog‘bon” mahallasida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.O‘rganish davomida mahallaning “Namuna” ko‘chasida yer ostidan o‘tgan ichimlik suvi quvurining yorilishi natijasida suv sizib chiqayotgani va bu holat aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi. Mazkur muammo uzoq muddat davom etishi yo‘l qoplamasi va atrof hududning holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.Deputat tomonidan holat atroflicha o‘rganilib, muammo hududdagi mavjud masalalarni qayd etish daftariga kiritildi hamda uni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar boshlandi. Shuningdek, masalaning qonuniy va samarali yechimiga erishish maqsadida mutasaddi idoralarga tegishli tartibda murojaatlar yuborilishi belgilandi.Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan
jamoatchilik nazorati o‘rnatilib, amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratiga olindi. Muammoning to‘liq bartaraf etilishi va aholi uchun qulay sharoit yaratilishiga qadar monitoring ishlari muntazam davom ettiriladi. Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
  

Slide 1 of 4