Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Mahallalardagi muammolar deputat nazoratiga olindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahallalardagi muammolar deputat nazoratiga olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Ziyodullayev 22-Bog‘obod saylov okrugiga qarashli “Latifguzar” va “Xayratiy” mahallalarida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni joyida o‘rgandi hamda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔍 Tashrif davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llar holati, ko‘chalarni yoritish tizimi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, sanitariya holati hamda aholi turmush darajasiga ta’sir etayotgan boshqa dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hududdagi infratuzilma obyektlari va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi.

💬 Deputat fuqarolar bilan ochiq muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Muloqot jarayonida mahallalarda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, hududlarni obodonlashtirish, jamoat transporti, bandlik, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ekologik va ijtimoiy masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.

📉 O‘rganishlar davomida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, jumladan aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, hududiy infratuzilmani rivojlantirish, kommunal xizmatlar samaradorligini kuchaytirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Ulug‘bek Ziyodullayev tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan barcha masalalar deputat nazoratiga olinib, ularning ijobiy yechimiga erishish hamda mahallalarda qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8