Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 26-“Chorguzar” saylov okrugi deputati Avazbek Appaqov tomonidan hududlarda aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish borasida izchil hamda samarali ishlar olib borilmoqda.

Deputat tomonidan olib borilayotgan faoliyat doirasida fuqarolar bilan bevosita muloqotlar tashkil etilib, uyma-uy yurish orqali har bir xonadon kesimida mavjud muammolar o‘rganilmoqda hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, hududlarda tomorqalardan samarali foydalanish, xonadonlarda issiqxonalar tashkil etish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratib kelayotgan ilg‘or aholi vakillariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday tashabbuskor fuqarolarga minnatdorlik bildirilib, ularning tajribasi boshqa xonadonlar uchun namuna sifatida targ‘ib etilmoqda.

Mazkur yondashuv nafaqat mavjud muammolarni hal etish, balki aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda hududlarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bunday manzilli va rag‘batlantiruvchi ishlar fuqarolar faolligini oshirish, ularni o‘z hududi rivojiga daxldorlik hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4