Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Matonat mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Matonat mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abdug‘aniyev Abror tomonidan Navoiy shahrining Matonat mahallasi hududida joylardagi infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida navbatdagi monitoring tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar va yo‘llarning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Xususan, ayrim ichki yo‘llarda asfalt qoplamasining yemirilgani, chuqurchalar hosil bo‘lgani hamda bu holat transport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, yerto‘lalarning holati, tashqi yoritish tizimining ishlashi hamda hududlarning sanitariya holati va obodonlashtirish ishlari ham o‘rganildi.

Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududlarda tozalik va tartibni ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Deputat Abdug‘aniyev Abror tomonidan mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, infratuzilmani yanada yaxshilash va kommunal xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan amaliy choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur o‘rganish ishlari mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3