Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Deputat mahallada!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 19-Xumin saylov okrugidan saylangan deputat N.Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida Jondor tumani Adliya bo‘limiga tashrif buyurdilar.
✔️Tashrif davomida fuqarolar murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Xususan, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muhim masalalardan biri — Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan o‘smirga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammo bo‘ldi.
✔️Mazkur murojaat yuzasidan tuman Adliya bo‘limi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari mas’ullari bilan hamkorlikda zarur hujjatlar o‘rganilib, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada o‘smirning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini rasmiylashtirish jarayoniga ko‘maklashildi va masalani qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.
✔️Bunday amaliy sa’y-harakatlar aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish, fuqarolarning davlat xizmatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda deputatlarning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari kelgusida ham aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarini izchil davom ettiradilar.

Slide 1 of 3