Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
#doimiy_komissiya 📊 Kengashga taqdim etilgan hisobot sessiyadan oldin o‘rganildi

🔍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 25-bandiga muvofiq, har oyda bir yo‘nalish kesimida korrupsiyaviy omillarni aniqlash hamda natijalarini sessiya muhokamasiga kiritish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

📌 Shu maqsadda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Raximov tomonidan “Ishtixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📑 O‘rganish davomida:

🔹 ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligi;

🔹 fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari;

🔹 murojaatlar bilan ishlash holati;

🔹 korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishga qaratilgan choralar tahlil qilindi.

⚖️ Shuningdek, aniqlangan holatlar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, masala bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilandi.

🏛 Sessiya muhokamasi orqali sohaga oid muammolarni bartaraf etish, ochiqlik va hisobdorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatlarida shaffoflikni ta’minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish masalalari deputatlik nazoratida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 6