Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi F.Shakarov tomonidan 10-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi F.Shakarov tomonidan 10-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabning yangi 3 qavatli binosi ko‘zdan kechirildi. Mazkur bino 300 o‘rinli bo‘lib, 12 ta sinf xonasi tashkil etilgan hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida quyidagi masalalar aniqlandi:

Maktab hududidagi transformatorni yangi elektr tarmog‘iga ulash zarur;
O‘rnatilgan 20 kVt quvvatga ega quyosh panellarini elektr tarmog‘iga ulash masalasi hal etilishi lozim;
2024-yilda “Ochiq budjet” dasturi doirasida zamonaviy oshxona hamda 100 o‘rinli faollar zali qurib bitkazilgan. Biroq mazkur obyektlarni to‘liq foydalanishga topshirish uchun zarur mebel va jihozlar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish talab etiladi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 5