Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Kengash_faoliyati

Deputat o‘z saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Azamat Pardayev o‘z saylov okrugiga qarashli “Farovon” mahallasi “Bog'i bo'ston” ko'chasida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

✅Deputat hududda aholi farovonligi va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida barpo etilayotgan yangi piyodalar yo‘lakchasi qurilishining borishini alohida ko‘zdan kechirdi.

✅O‘rganishlar davomida qurilish ishlarining belgilangan me’yorlar, sifat talablari hamda loyiha andozalariga to‘liq mos ravishda olib borilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Ushbu xayrli ishlarda mahalla faollari va fuqarolar ham faol qatnashib, hashar yo‘li bilan o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Bu esa xalqimizga xos hamjihatlik va birdamlik muhitining yana bir yorqin ko‘rinishidir.

✅Maktabga qatnayotgan o‘quvchilar, ko‘cha bo‘ylab harakatlanayotgan piyodalar uchun alohida yo‘lakchaning barpo etilishi mahalla aholisi uchun katta qulaylik yaratmoqda.

✅Bu kabi amaliy say-harakatlar hudud qiyofasini zamonaviylashtirish bilan birga, saylovchilarning munosib turmush sharoitida yashashlariga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2