Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

 HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari, Kengash huzuridagi ekspert guruhi
hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida qonunchilik hujjatlari
mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar
mashg‘uloti tashkil etildi. 

Seminar mashg‘uloti Kengash kotibiyati mudiri R.Nodirov hamda tuman hokimining yuridik
masalalar bo‘yicha maslahatchisi A.Madmusayev tomonidan olib borildi. 

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy
axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida” O‘RQ-443-son
Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil
28-yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi qarorlari
loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish
uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida” KQ-55-V-son Qarorining mazmun-mohiyati
keng yoritilib, mazkur hujjatlarning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan
atroflicha tushuntirishlar berildi. 

Seminar yakunida ishtirokchilarga qonun hujjatlarini joylarda samarali tatbiq etish,
aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqiy targ‘ibot ishlarini
kuchaytirish, shuningdek, sohalarda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni
bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi.  

Slide 1 of 2