Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH – USTUVOR VAZIFA

 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH – USTUVOR VAZIFA 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Raximov
hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinovlar tomonidan O‘zbek
mahalla fuqarolar yig‘inida manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish jarayonida mahallada hokim yordamchisi tomonidan
aholi bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish
o‘rinlarini yaratish hamda kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. 

Shuningdek, deputat kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan
oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularga daromad manbaini yaratish maqsadida
ko‘rsatilgan yordamlarni manzilli tarzda o‘rgandi. 

O‘rganish yakunida hokim yordamchisiga aholi bandligini
ta’minlash ishlarini yanada kuchaytirish, manzilli yordamni aniq ehtiyojlar
asosida yo‘naltirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini
kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 3