Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvat Tadjimurodov tomonidan hududdagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida muassasa mudirasi Toshmurodova Nigina tomonidan bog‘cha faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, muassasada 8 ta guruh faoliyat yuritib, tarbiyalanuvchilar uchun sharoitlar mavjudligini taʼkidlab o'tdi. Shuningdek, bolalarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda sanitariya talablariga rioya etilishi doimiy nazoratda ekani qayd etildi. Deputat tomonidan guruh xonalari va tarbiyaviy jarayonlar ham ko‘zdan kechirildi. Muassasada bolalarning bilim va dunyoqarashini oshirishga qaratilgan o‘quv to‘garaklari, xorijiy tillarni o‘rgatish jarayonlari hamda zamonaviy ta’lim uslublari asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tizimida yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularga sifatli ta’lim va tarbiya berish muhim vazifa ekani ta’kidlanib, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1