Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati, 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvat Tadjimurodov tomonidan mahalladagi xotin-qizlar faoliyati hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur o‘rganish tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov bilan birgalikda olib borildi. Jarayon davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF–87-sonli Farmoni ijrosi doirasidan o'rganish ishlari olib borildi. “Ayollar daftari”ga 5 ta toifa bo‘yicha jami 98 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olingani haqida ma’lumot berildi. Ularning 45 nafari bandligi ta’minlanib, doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan.Shuningdek, subsidiya asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oilaviy daromad manbaini yaratish maqsadida 20 dona tikuv mashinasi ajratilgan. Kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishida esa hozirgi kunda 6 nafar xotin-qiz o‘quv kurslarida tahsil olib kelmoqda.Deputat tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1