Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yo‘ldosheva Sevara tomonidan hududdagi Yangi turmush mahallasidagi olib borilayotgan infratuzilma ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Choriyeva Mahliyo ham ishtirok etdi. O'rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, xususan, yangi ko‘prikning qurilib foydalanishga topshirilgani hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy svetoforning o‘rnatilgani alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi. Ta’kidlanganidek, mazkur infratuzilmaviy yangilanishlar aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xavfsiz harakatni ta’minlash va hududning umumiy qiyofasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Shu bilan birga, mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar ham joyiga chiqib o‘rganildi. Deputat tomonidan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari tinglandi hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborilishi belgilandi. Mazkur o‘rganish ishlari hududni kompleks rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash va mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarning muhim qismi sifatida davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1