Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Bugungi kunda davlat boshqaruvida aholining dardini eshitish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli yechim topish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki xalq bilan bevosita muloqot qilish, joylarda mavjud muammolarni ochiq muhokama etish orqali boshqaruv tizimining samaradorligi oshadi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi. Shu bois aholi murojaatlarini tinglash va ularni hal etish masalasi ijtimoiy adolat hamda ochiq siyosatning muhim mezoniga aylangan.

Namangan shahar hokimligi tomonidan aholi murojaatlarini manzilli hal etish maqsadida doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi sayyor qabul “Alpomish” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov 47 nafar fuqaroning murojaatini shaxsan qabul qilib, ularning muammo va takliflarini atroflicha tingladi.

Murojaatlarni o‘rganish yakunlariga ko‘ra, 26 nafardan ziyod fuqarolarning masalasi joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish hamda amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat yakuniy natijaga qaratilgan holda ko‘rib chiqildi, fuqarolarning ijtimoiy masalalarini tezkor va samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 7