Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Qaror mazmun mohiyati

Qishloq xo‘jaligida yangi bosqich yerga bo‘lgan huquqlar mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmoni qishloq xo‘jaligi sohasida muhim o‘zgarishlarga yo‘l ochib, ishlab chiqaruvchilarning yerga bo‘lgan huquqlari va mustaqilligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.Mazkur Farmon bilan qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy erkinligini kengaytirish, ularning manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi. Endilikda yer egalari o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtirish, ekin turlarini tanlash hamda yetishtirilgan mahsulotni erkin realizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Farmon asosidaqishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerga bo‘lgan uzoq muddatli huquqlari kafolatlanadi.Yer ajratish va undan foydalanish jarayonlari yanada shaffof va adolatli tizimga o‘tkaziladi.Davlat aralashuvi qisqartirilib, bozor tamoyillari keng joriy etiladi.Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtiriladi.Shuningdek, mazkur hujjat orqali yer resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish va agrar sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.Xulosa qilib aytganda, PF-68-son Farmon qishloq xo‘jaligida haqiqiy mulkdorlik hissini kuchaytirish, ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish hamda sohani barqaror rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.