Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati G.Xudaykulova shahardagi “Amu sohillari” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda yoshlar yetakchisining bugungi kundagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

⏺Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda asosiy e’tibor mahalla boshqaruv tizimining samaradorligi va aholi muammolarini hal etishdagi natijadorlikka qaratildi.

💬O‘rganish davomida mahalla raisi va yoshlar yetakchisining quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyati ko‘rib chiqildi:

▶️Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi;
"Mahalla yettiligi"ning hamkorlikdagi faoliyati;

▶️Yoshlar siyosatini amalga oshirish, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

▶️Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish.

✔️ Deputatlar mahalla raisi va yoshlar yetakchisining o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlarini ijobiy baholadilar. Ayniqsa, aholi bilan olib borilayotgan samarali muloqot va yoshlar muammolariga qaratilayotgan e’tibor alohida qayd etildi. Shu bilan birga, ishni yanada jadallashtirish, yangi tashabbuslarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
💬"Mahalla — jamiyatning asosiy bo‘g‘ini. Bu yerda amalga oshirilayotgan har bir ishning samarasi fuqarolarimizning hayotdan roziligi bilan o‘lchanadi. 'Amu sohillari' mahallasida shakllangan ijobiy ish muhitini yanada kuchaytirishimiz zarur," — ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.
Slide 1 of 3