Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI

DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga doir 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash hamda "Mahallabay" ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

12-Uzun qishloq saylov okrugidan saylangan deputat B.Mirzoyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva “Uzun qishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi Sh.Norbo‘tayev tomonidan aholiga ajratilgan maqsadli imtiyozli kreditlarning samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga asosiy e’tibor qaratildi:

Chorvachilikni rivojlantirish: Fuqarolarga qoramol sotib olish uchun ajratilgan 42 million so‘mlik kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi va xonadonlardagi chorva mollarining parvarishi ko‘zdan kechirildi.

Xotin-qizlar bandligi: "Ayollar daftari" va mahalla xotin-qizlari bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinalari uchun ajratilgan kreditlar o‘rganildi. Tikuvchilik yo‘nalishida o‘zini o‘zi band qilgan ayollarning ish jarayoni va daromad manbalari bilan tanishildi.

Tomorqadan unumli foydalanish: Mahalladagi issiqxona xo‘jaliklari faoliyati o‘rganildi. Xususan, imtiyozli kredit hisobiga zamonaviy issiqxona qurib, bugungi kunda bozorga sifatli pomidor mahsulotlarini yetkazib berayotgan tadbirkor fuqarolar tajribasi yuqori baholandi.

Slide 1 of 1