Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
#ochiq_eshiklar_kuni

#ochiq_eshiklar_kuni

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Adizova tomonidan Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida maktabda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar dars mashg‘ulotlarini bevosita kuzatib, o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik usullar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, turli loyihalar va amaliy ishlanmalarini taqdim etdilar.

Maktab ma’muriyati tomonidan ta’lim jarayonida erishilayotgan natijalar, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida qayd etildi. Prezident maktablarining yosh avlodni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashdagi ahamiyati haqida ham ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning qiziqishini kuchaytirish hamda ularning kelajakdagi yutuqlariga zamin yaratishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati

Telegram (https://t.me/KogonshaharKengashiVI)/Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) / E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3