Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputat axboroti

 Uchrashuv Shayxontohur tumanidagi “Katta Jarariq” mahalla fuqarolar ygʻinida, tuman faollari, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, mahalla fuqarolari ishtirok etishdi. 

Deputat N.Karimov oʻz hisobotida joriy yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha saylovchilarning murojaatlari, fuqarolar qabullari, ochiq muloqotlar va nazorat tadbirlari hamda kiritilgan deputatlik soʻrovlari va ularning ijrosi haqida axborot berdi.

Xususan, aholi murojaatlari asosida 2 ta deputatlik soʻrovlari hal etilgani, mahalla infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha 3 ta koʻchada yoʻllar taʼmirlangani, 3 ta koʻp-qavatli uylarda 4 ta yangi zamonaviy liftlar oʻrnatilgani va 6 ta yoʻlaklar toʻliq taʼmirlangani toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi.

Bundan tashqari, mahallalarda yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida belgilangan loyihalar asosida olib borilgan ishlar haqida ham axborot berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat faoliyatining 24 ta asosiy yoʻnalishlari yuzasidan ijtimoiy himoya, huquqbuzarliklarni oldini olish, kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi va ayrim muammolar boʻyicha tushuntirish berib oʻtildi.

Uchrashuv yakunida deputat N.Karimov tomonidan xalq bilan doimiy muloqotni ustuvor vazifa sifatida belgilab, kelgusida ham bu yoʻnalishdagi ishlar davom ettirilishini taʼkidladi.

Slide 1 of 6