Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Olmazor tumani Ziyokor Mahalla fuqarolar yig`inlarida uchrashuv o`tkazildi.

 Olmazor tumani Ziyokor Mahalla fuqarolar yig`inlarida uchrashuv o`tkazildi 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati D.Rustamova, okrug deputati I.Mamajonov, deputat D.Raxmatullayev kotibiyat bosh mutaxassisi U. Shopotixov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi U. Fayziyeva hamda Xalq demokratik partiyasi Olmazor tuman Kengashi raisi X. Xamidovlar ishtirokida Ziyokor mahallasidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, fuqarolar murojaatlari va istiqboldagi tashabbuslar yuzasidan keng fikr almashildi.

📝 Muloqot davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar bevosita tinglanib, ularning yechimiga doir amaliy takliflar muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, hududni obodonlashtirish, ichki infratuzilmani yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Tadbir davomida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi 24 ta muhim tavsiyalar asosida ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Xususan, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish masalalari keng muhokama qilindi.

Bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlari yuzasidan ijro nazorati o‘rnatildi.

Bunday sayyor qabullar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, hududlarda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish hamda xalq bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda

Slide 1 of 10