Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi

Unda viloyat studiyasidan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlar kotibiyati mudirlari, doimiy komissiyalar raislari, namunali deb topilgan tuman (shahar) Kengashlari deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida mahalliy Kengashlar tomonidan Kengash so‘rovini tayyorlash va yuborish tartibi, uning mazmuni hamda tuzilishiga qo‘yiladigan talablar yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi. Xususan, tuman va shahar Kengashlari so‘rovlari tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga, viloyat va Toshkent shahar Kengashlari so‘rovlari esa tegishli ravishda viloyat darajasidagi tuzilmalar rahbarlariga yuborilishi qayd etildi. Kengash so‘rovining huquqiy asoslari, uni rasmiylashtirish tartibi hamda amaliy jihatlari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, 2025–2026 yillar davomida mahalliy Kengashlar tomonidan hududiy davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan Kengash so‘rovlari tahlil qilindi. Unga ko‘ra o‘tgan davrda jami 4 ta Kengash so‘rovi yuborilgan bo‘lib, ularning 3 tasi viloyat Kengashlari, 1 tasi esa tuman Kengashi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur so‘rovlar orqali qonuniy savdo faoliyatini tashkil etish, axborot-kutubxona fondlarini takomillashtirish, hududiy infratuzilmani yaxshilash hamda taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish kabi dolzarb masalalar ko‘tarilgan.

Seminarda, shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat-tahlil ishlarini samarali tashkil etish, Kengash va deputat so‘rovi institutlaridan unumli foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishda eʼtibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Soha mutaxassislari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida uchrayotgan muammolar misolida amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirib, qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Slide 1 of 6