Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori

Mazkur qaror xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini tizimli ravishda aniqlash va hal etish mexanizmlarini takomillashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda “Ayollar daftari” orqali manzilli ishlash tizimini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan. 

Qarorga muvofiq:

“Ayollar daftari” asosida muammoli xotin-qizlar bilan individual ishlash tizimi yanada takomillashtiriladi;

tuman (shahar) darajasida “Ayollar daftari” jamg‘armalari tashkil etilib, ularning muammolarini hal etishga moliyaviy ko‘mak berish yo‘lga qo‘yiladi; 

xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatish tizimi kuchaytiriladi; 

bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish va kasbga o‘qitish orqali ularning daromad manbalarini yaratish choralari belgilanadi;

davlat organlari va mahalliy hokimliklarning bu boradagi mas’uliyati oshiriladi hamda muvofiqlashtirish tizimi kuchaytiriladi.

Shuningdek, qaror bilan xotin-qizlar muammolarini aniqlash, ularni ro‘yxatga olish, yordam ko‘rsatish va nazorat qilishning yagona tizimi joriy etilib, ushbu jarayonlarda sektorlar va mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi mustahkamlanadi.

Mazkur qaror ijrosi natijasida og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash samaradorligi oshishi, ularning bandligi ta’minlanishi va jamiyatdagi faolligi ortishi kutiladi.

Slide 1 of 1