Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Kengash_faoliyati

🏛 BANDIXONDA "DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI" HAMKORLIGI: ASOSIY MAQSAD — INSON QADRI

Bandixon tumanida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va aholi muammolarini joyida hal etish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

✅Xususan, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri Pardayev Azamat Almardanovich tomonidan "Bektepa" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

✅O‘RGANISH MARKAZIDA NIMALAR BO‘LDI?

✅Nazorat-tahlil tadbiri davomida asosiy e’tibor quyidagi muhim yo‘nalishlarga qaratildi:

✅ Deputatlar faoliyati: Mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi qay darajada ta’minlanmoqda?

✅ Hamkorlik: Mahalla yettiligi va deputatlar o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish.

✅ Ijtimoiy himoya: Mahalla raisi va xotin-qizlar faolining ish samaradorligi, xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimi.

✅Obodonlashtirish: Hududning tashqi ko‘rinishi va tozalik holati.

✅Deputat va mahalla faollari hamkorligi shunchaki qog‘ozda emas, balki har bir xonadonga kirib borish, aholining dardini eshitish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyida yechishni ko‘zda tutadi.

✅"Bu kabi tadbirlar barcha mahallalarda bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Maqsadimiz — ijro intizomini mustahkamlash va deputatlik nazorati orqali xalqimiz og‘irini yengil qilish," — deyiladi tahlil jarayonida.

✅ Ijro intizomi va deputatlik nazorati — xalq farovonligi xizmatida!

Slide 1 of 2