Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif - tarix va zamonaviylik uyg‘unligi

Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif - tarix va zamonaviylik uyg‘unligi

 📇 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi J.Ismanov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari, shuningdek Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolaridan iborat delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari markazda joylashgan noyob va betakror ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, bu yerda saqlanayotgan Usmon Qur’oni (Mus’hafi Usmon) — dunyodagi eng qadimiy va noyob Qur’on nusxalaridan biri sifatida katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu muqaddas yodgorlik Qur’oni karim zalidagi 65 metrli gumbaz ostida namoyish etilmoqda va mazkur gumbaz o‘zining ulkan hajmi bilan Guinness World Records ro‘yxatiga kiritilgani bilan ham ahamiyatlidir.

 🌎 Markazdagi ekspozitsiyalar 4 ta asosiy yo‘nalishga bo‘lingan bo‘lib, ular orqali tashrif buyuruvchilar islomdan avvalgi davr, Birinchi Renessans, Ikkinchi Renessans hamda Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori bosqichlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega.

 🟡 Shuningdek, muzeyda “Vaqt kapsulalari” va “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” kabi noyob loyihalar amalga oshirilgan bo‘lib, ular har bir tarixiy davr muhitini chuqur his etish imkonini yaratadi.

 💸 Markaz kutubxonasida o‘n minglab qo‘lyozmalar jamlangan bo‘lib, ulardan nafaqat an’anaviy, balki raqamli formatda ham foydalanish mumkin. Bu esa ilmiy tadqiqotchilar va yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari, interaktiv maydonlar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Jumladan, sun’iy intellekt (AI), kengaytirilgan (AR) va virtual (VR) voqelik, 3D grafika, tarixiy shaxslar avatarlari, sensorli ekranlar hamda videodevorlar orqali tashrif buyuruvchilar tarixni zamonaviy va qiziqarli usulda o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar.

 📁 Markazda, shuningdek, asrlar davomida yurtimizdan tashqarida saqlangan va bugungi kunda Vatanimizga qaytarilgan noyob xazinalar ham o‘rin olgan. Ular orasida Qur’onning qadimiy qo‘lyozma parchalari va jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan asarlar mavjud.

 ↗️ Mazkur tashrif ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, milliy va ma’naviy merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi

Slide 1 of 6