Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
🔖Kosonsoy tumanida maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganild

Kosonsoy tumanida maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganildi

🌐 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 10-Ravot saylov okrugi deputati Barotova Marhabo tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–71-son Farmoni ijrosi doirasida hududdagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati atroflicha o‘rganildi.

✏️ Xususan, “Quvonch” nomli xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilgan o‘rganishlar davomida bir qator muammolar aniqlangan.

 Jumladan:

-ta’lim sifati va tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda ayrim kamchiliklar mavjudligi,

moddiy-texnik baza yetarli darajada shakllantirilmaganligi,

bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash zarurligi,

pedagog kadrlarning malakasini oshirish masalalari dolzarb ekani qayd etildi.

📊 O‘rganish jarayonida muassasa rahbariyati va xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.

📝 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati tartibida so‘rovlar kiritilishi belgilandi.

✅ Mazkur o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tizimida sifatni oshirish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda davlat siyosatida belgilangan ustuvor vazifalarni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4