Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Hududdagi muammolar – deputat nazoratida, amaliy yechimlar belgilandi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Hududdagi muammolar – deputat nazoratida, amaliy yechimlar belgilandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov tomonidan “Paxtachi” va “Yangi Toshkent” mahallalarida haftalik ish reja asosida aholi hamda mahalla faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

📝 Mazkur jarayon davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, xususan infratuzilma, ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar va aholi bandligiga oid masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Xususan, fuqarolar qabullari tashkil etilib, kelib tushgan murojaatlar asosida tegishli choralar ko‘rildi. Qator masalalar joyiga chiqib ko‘rib chiqilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🔎 Uchrashuvlar davomida deputatlar Saidmurod Ismailov hamda Otabek Jiyanbayev aholi bilan bevosita suhbat olib borib, hududdagi muammolarni aniqladilar. Jumladan, Noraztepa ko‘chasida piyodalar yo‘lagi mavjud emasligi, elektr tarmoqlariga xalaqit berayotgan daraxt shoxlarini butalishi zarurligi hamda ko‘chaning ta’mirtalab holatda ekani qayd etildi.

🤝 Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda ularning ijrosini qat’iy nazorat qilishga kelishildi.

🔺 Mazkur ishlar hududdagi muammolarni tizimli hal etish, aholi bilan muloqotni mustahkamlash hamda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 6