Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
#doimiykomissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda istiqboldagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

✔️Yig‘ilish davomida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F.Toyirovning 2025-yil yakunlari hamda 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini takomillashtirish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✔️Shuningdek, doimiy komissiya tomonidan nazorat tartibida o‘rganilgan maktablar faoliyati keng muhokama qilindi. Unda ayrim ta’lim muassasalarida mavjud kamchiliklar, jumladan, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar, o‘quv jarayoniga zamonaviy metodlarni joriy etishdagi ayrim sustkashliklar hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

✔️Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, shuningdek, tizimda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

✔️Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinib, unda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim tizimidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Raxmat Murodov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 
Slide 1 of 5