Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
"Ma’rifat" mahallasida i chorak sarhisobi: Ijtimoiy hamkorlik va amaliy natijalar tizimli tahlil qilindi

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Tahlilda "mahalla yettiligi"ning ijtimoiy himoya va bandlikni ta’minlash borasidagi natijadorligiga e’tibor qaratildi.

💬O‘rganish davomida:

🔅Xotin-qizlar faoli faoliyati:

Ijtimoiy himoya: Ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj 147 nafar ayol "Ayollar daftari"ga kiritilib, ularga manzilli yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.

Bandlik: Amalga oshirilgan ishlar natijasida 6 nafar ayolning doimiy bandligi ta’minlandi.

Oila barqarorligi: Mahalladagi nizoli vaziyatdagi 9 ta oila mahalla faollari aralashuvi bilan yarashtirildi.

Huquqiy himoya: Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 1 nafar ayolga "Himoya orderi" rasmiylashtirilib, uning xavfsizligi ta’minlandi.

🔅Ijtimoiy xodim faoliyati:

Reyestr: Ijtimoiy himoyaga muhtoj 159 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilib, ularga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligi ta’minlandi.

Moddiy yordam:

8 nafar fuqaroga kiyim-kechak xarid qilish uchun 2 million so‘m miqdorida moddiy yordam berildi.

12 nafar fuqaroga oziq-ovqat xarajatlari uchun 412 ming so‘mlik elektron voucherlar taqdim etildi.

Ijara kompensatsiyasi: Sharoiti og‘ir bo‘lgan 2 nafar fuqaroga ijara kompensatsiya pullari to‘lab berildi.

🫥Deputat A.Mustafakulov va bosh mutaxassis A.Temirov mahalla mas’ullarining I chorakdagi samarali faoliyatini ta’kidlab, kelgusida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘rsatilayotgan yordamning sifatini oshirish va yanada ko‘proq fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdilar.

 💬"Mahalla — ijtimoiy himoya tizimining eng yaqin bo‘g‘ini. Bizning asosiy maqsadimiz — har bir fuqaroning dardu tashvishidan xabardor bo‘lib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatishdir," — deya ta’kidlandi o‘rganish yakunida.

Slide 1 of 3